NeuroSec web ilova va serverlar uchun kiberxavfsizlik auditlarini o'tkazadi. Zaifliklarni aniqlaymiz, qo'lda tekshiramiz va tuzatish bo'yicha tavsiyalar beramiz.
Yuklanmoqda…
Asosan web ilovalar va server infratuzilmasi xavfsizligini tekshiramiz.
Web ilova va API'lardagi keng tarqalgan va murakkab zaifliklarni aniqlaymiz. Topilmalarni qo'lda tekshirib, PoC va tuzatish bo'yicha tavsiyalar bilan hisobot beramiz.
Serverlarni malware, backdoor, webshell va boshqa shubhali fayllar bo'yicha tekshiramiz. Aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar beramiz.
Har bir audit tizimning o'ziga mos olib boriladi. Avtomatik vositalar faqat dastlabki ma'lumotlarni yig'ish uchun ishlatiladi, asosiy tekshiruv qo'lda amalga oshiriladi.
Web ilova, API va server infratuzilmasini o'rganamiz. Kirish nuqtalari, funksiyalar va mavjud attack surface'ni aniqlaymiz.
Ilovaning ishlash mantig'ini tahlil qilamiz va zaifliklarni qo'lda izlaymiz. Zarur hollarda zaiflikni ekspluatatsiya qilib, uning real ta'sirini tekshiramiz.
Tasdiqlangan zaifliklarni severity darajasi, texnik tafsilotlari, PoC va remediation tavsiyalari bilan hujjatlashtiramiz.
Tuzatishlardan so'ng zaifliklarni qayta tekshiramiz va berilgan remediation haqiqatan ham muammoni bartaraf etganini tasdiqlaymiz.
Jamoamiz web security, penetration testing va vulnerability research yo'nalishlarida ishlaydi.
Tizimingiz haqida ma'lumot qoldiring. Audit doirasi va jarayonini muhokama qilamiz.
Audit so'rash